Kirish Ro'yxatdan o'tish
25/09 10:00 O‘zbekiston 3-0 Saudiya Arabistoni
25/09 15:30 Janubiy Koreya 4-0 Vyetnam
26/09 11:00 Xitoy 3-0 Tailand
26/09 15:30 Yaponiya 1-0 KXDR

Argentina terma jamoasi a’zosi "Atletiko"ga o‘tishga rozilik berdi

Argentina terma jamoasi a’zosi "Atletiko"ga o‘tishga rozilik berdi

Baho:
+ | -

Kutilmagan yangilik: "Lion" himoyachisi Nikolas Talyafiko "Atletiko"ga o‘tishga rozilik berdi. Madrid klubi yozgi transfer oynasining so‘nggi kunida "Yuventus" rejalarini buzib, argentinalik futbolchini o‘z safiga qo‘shib olishga harakat qilmoqda.

"Yuventus" ham argentinalik chap qanot himoyachisi bilan shaxsiy shartnoma shartlari bo‘yicha kelishuvga erishgan. Biroq Xuan Kabal "Atalanta"ning qiziqishiga qaramay Turinni tark etishni istamayotgani sabab, ushbu transfer hozircha to‘xtab turibdi.

Endi "Atletiko" Fransiya klubi bilan kelishuvga erisha olsa, Talyafiko transferini yakunlashi mumkin. 34 yoshli futbolchining "Lion" bilan amaldagi shartnomasi kelasi yili o‘z nihoyasiga yetadi.

Talyafiko "Atletiko"ga o‘tgan taqdirda, u Xulian Alvares, Kristian Romero va Juliano Simeone kabi argentinalik futbolchilar bilan bir jamoada to‘p surish imkoniyatiga ega bo‘ladi.

Kiritildi: 17:44, 01.09.2026.
O'qildi: 1817 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик