Kirish Ro'yxatdan o'tish
22/09 10:00 Vyetnam 0-2 O‘zbekiston
22/09 10:00 Filippin 2-1 Kuvayt
22/09 15:00 Janubiy Koreya 2-0 Saudiya Arabistoni
23/09 10:30 Xitoy - BAA
23/09 10:30 Eron - KXDR
23/09 15:30 Yaponiya - Tailand
23/09 15:30 Qirg‘iziston - Gonkong

Infantino Rossiya hukumatiga aloqador samolyotlarda, ehtimol, Putinning bortlarida ham uchgan

Infantino Rossiya hukumatiga aloqador samolyotlarda, ehtimol, Putinning bortlarida ham uchgan

Baho:
+ | -1

FIFA prezidenti Janni Infantino Rossiya hukumatiga aloqador xususiy samolyotlardan, ehtimol, prezident Vladimir Putinning samolyotlaridan ham foydalangan. Bu haqda The Telegraph xabar berdi.

Manba ma’lumotiga ko‘ra, Infantino FIFA rahbari lavozimida ish boshlagan dastlabki kunlaridanoq qoidalarni buzgan. Jumladan, amaldor Rossiya hukumatiga aloqador samolyotlardan bemalol foydalangan.

Infantino 2016 yil fevral oyida FIFA prezidenti etib saylangan. O‘sha yilning iyun oyidayoq federasiyaning yuqori lavozimdagi xodimlari undan shikoyat qilgan. FIFAning axloq qo‘mitasi tomonidan o‘tkazilgan tergov hanuzgacha to‘liq oshkor qilinmagan.

Infantino bo‘yicha boshqa da’volar orasida — onasi bilan Papa Rimskiy bilan uchrashuvga FIFA mablag‘lari hisobidan borgani, 2,1 million yevro maoshdan bosh tortgani (bu summani juda kam deb hisoblagan) va xodimlarni yuqori maoshli lavozimlarga tayinlagani bor. Shunga qaramay, unga nisbatan sanksiyalar qo‘llanilmagan va Infantinoning o‘ziga qo‘yilgan ayblovlar olib tashlangan.

Hozirda u o‘z lavozimini himoya qilishda davom etmoqda. Jahon chempionatini xususiylashtirish rejasi muvaffaqiyatsizlikka uchraganidan so‘ng, unga nisbatan tanqidlar kuchaydi.

Kiritildi: 19:57, 01.09.2026.
O'qildi: 1206 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик