Kirish Ro'yxatdan o'tish
01/09 00:00 Aston Villa 0-1 Arsenal
01/09 00:30 Barselona 5-2 Rayo Valyekano

Vlaxovich «Beshiktosh»dagi debyutida xet-trik qayd etdi

Vlaxovich «Beshiktosh»dagi debyutida xet-trik qayd etdi

Baho:
+ | -

Serbiyalik hujumchi Dushan Vlaxovich A Seriyadan Turkiya Superligasiga yo‘l olgan navbatdagi taniqli futbolchilardan biri bo‘ldi. U «Beshiktosh» safidagi ilk o‘yinidayoq uchta gol urib, yangi jamoasida yorqin debyut qildi.

Bu Turkiya chempionati yuqori divizioni debyutanti «Chorum»ga qarshi uchrashuvda sodir bo‘ldi.

Vlaxovich dastlab penaltini aniq amalga oshirdi. Keyin esa ikkinchi bo‘limda o‘yindan yana ikki marta raqib darvozasini ishg‘ol qildi.

Natijada «Beshiktosh» 6:2 hisobida yirik g‘alabaga erishdi. Jamoa hozirda 6 ochko bilan Turkiya Superligasi turnir jadvalida uchinchi o‘rinni egallab turibdi.

Keyingi turda «Beshiktosh»ni prinsipial uchrashuv kutib turibdi — jamoa «Fenerbaxche»ga qarshi maydonga tushadi.

Kiritildi: 07:16, 02.09.2026.
O'qildi: 453 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик