Kirish Ro'yxatdan o'tish
01/09 00:00 Aston Villa 0-1 Arsenal
01/09 00:30 Barselona 5-2 Rayo Valyekano

«Milan»ning yangi futbolchisi: «Bu yerda bo‘lish — orzu»

«Milan»ning yangi futbolchisi: «Bu yerda bo‘lish — orzu»

Baho:
+ | -

«Milan» tarkibini Angliyaning «Nottingem Forest» klubidan kelgan Omari Xatchinson bilan kuchaytirdi. Futbolchining aytishicha, u doimo «rossonerilar» safida to‘p surishni orzu qilgan.

Xatchinsonning ijarasi «Milan»ga 4 million yevroga tushdi. Uni to‘liq sotib olish esa 44 million yevroga tushishi mumkin.

«Bu yerda bo‘lish — orzum ushalishi. «Milan»dek buyuk klubdan qo‘ng‘iroq bo‘lishi — shunchaki aqlbovar qilmas holat. Otam menga doimo shu libosni kiygan buyuk chempionlar haqida gapirib berardi. Endi esa shu jamoaning bir qismiga aylanish — ajoyib his», — deya Xatchinsonning so‘zlarini derbyderbyderby.it keltirdi.

Eslatib o‘tamiz, «Milan» Italiya chempionatining yangi mavsumini ketma-ket ikki g‘alaba bilan boshladi.

Kiritildi: 07:23, 02.09.2026.
O'qildi: 237 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик