Kirish Ro'yxatdan o'tish
25/09 10:00 O‘zbekiston 3-0 Saudiya Arabistoni
25/09 15:30 Janubiy Koreya 4-0 Vyetnam
26/09 11:00 Xitoy 3-0 Tailand
26/09 15:30 Yaponiya 1-0 KXDR

Norton-Kaffi «Xall Siti»ga o‘tdi

Norton-Kaffi «Xall Siti»ga o‘tdi

Baho:
+ | -

«Xall Siti» «Jenoa» himoyachisi Bruk Norton-Kaffi bilan shartnoma imzolaganini e’lon qildi. 22 yoshli angliyalik futbolchi klubning yozgi transfer oynasidagi 15-yangi futbolchisiga aylandi.

Tomonlar o‘rtasidagi shartnoma besh yilga mo‘ljallangan. Transfer summasi oshkor etilmagan.

Bitim doirasida «Xall Siti» himoyachisi Kodi Drame esa «Jenoa» safiga o‘tdi.

Norton-Kaffi so‘nggi ikki mavsumni «Jenoa»da o‘tkazib, Italiya chempionatida 40 ta o‘yinda maydonga tushgan. Angliyalik futbolchi Sergey Yakirovich jamoasining o‘ng qanot himoyasini kuchaytirishi kutilmoqda.

Norton-Kaffi «Arsenal» tarbiyalanuvchisi hisoblanadi, ammo u klubning asosiy jamoasida o‘ynamagan. «Jenoa»ga o‘tishidan oldin himoyachi «Linkoln Siti», «Roterxem Yunayted», «Koventri Siti» va «Milluoll» klublarida ijara asosida to‘p surgan.

Kiritildi: 07:34, 02.09.2026.
O'qildi: 629 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик