Kirish Ro'yxatdan o'tish
26/09 11:00 Xitoy 3-0 Tailand
26/09 15:30 Yaponiya 1-0 KXDR

«Atletiko» Jonatan Devidni ijaraga oldi

«Atletiko» Jonatan Devidni ijaraga oldi

Baho:
+ | -

Madridning «Atletiko» klubi «Yuventus» hujumchisi Jonatan Devidni ijaraga olganini rasman e’lon qildi.

Ispaniya klubi rasmiy sayti ma’lumotiga ko‘ra, kanadalik futbolchi joriy mavsum oxiriga qadar «matraschilar» safida to‘p suradi. Shuningdek, kelishuvga futbolchini keyinchalik sotib olish huquqi ham kiritilgan.

Jonatan Devid o‘tgan yil yozidan buyon «Yuventus» sharafini himoya qilib kelayotgan edi. Hujumchi Turin klubi safida barcha musobaqalar doirasida 47 ta o‘yin o‘tkazib, 8 ta gol urdi va 5 ta golli uzatmani amalga oshirdi.

26 yoshli futbolchining «Yuventus» bilan amaldagi shartnomasi 2030 yilning o‘rtalariga qadar mo‘ljallangan.

Avvalroq «Atletiko» Jonatan Devidni taxminan 25 million yevroga sotib olish huquqiga ega bo‘lishi haqida xabarlar tarqalgan edi.

Kiritildi: 08:02, 02.09.2026.
O'qildi: 983 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик