Myunxenning «Bavariya» klubi himoyachisi Yosip Stanishich bir qator Yevropa top-klublari qiziqish doirasiga tushdi. Bu haqda insayder Ekrem Konur ijtimoiy tarmoqlarida xabar berdi.
26 yoshli futbolchi Londonning «Arsenal», «Liverpul», «Manchester Yunayted», Madridning «Real» va «PSJ» klublari e’tiborida.
Germaniya klubi futbolchi transferi uchun 55–65 million yevro talab qilishi mumkin. Stanishichning «Bavariya» bilan amaldagi shartnomasi 2029 yilgacha mo‘ljallangan.
Himoyachi o‘tgan mavsumda Germaniya chempionatida 26 ta uchrashuvda maydonga tushdi. Yosip 2 ta gol va 3 ta golli uzatma qayd etgan.













