Kirish Ro'yxatdan o'tish
25/09 10:00 O‘zbekiston 3-0 Saudiya Arabistoni
25/09 15:30 Janubiy Koreya 4-0 Vyetnam
26/09 11:00 Xitoy - Tailand
26/09 15:30 Yaponiya - KXDR

«Everton» Eynsli Meytlend-Naylsning «Lion»dan transferini e’lon qildi

«Everton» Eynsli Meytlend-Naylsning «Lion»dan transferini e’lon qildi

Baho:
+ | -

«Everton» klubi Fransiyaning «Lion» jamoasidan himoyachi Eynsli Meytlend-Naylsni doimiy ravishda o‘z safiga qo‘shib olganini rasman ma’lum qildi.

Transfer oynasining so‘nggi kunida amalga oshirilgan bitim summasi oshkor etilmadi. 29 yoshli o‘ng qanot himoyachisi «Everton» bilan 2029 yil iyun oyi oxirigacha mo‘ljallangan 3 yillik shartnoma imzoladi.

Meytlend-Nayls «Everton»ning yozgi transferlar oynasidagi yettinchi yangi futbolchisi bo‘ldi. Undan oldin Merlin Ryol ijaradan doimiy transferga o‘tkazildi, shuningdek Heyden Xakni, Tayrik Jorj, Kristian Nyorgor va Brennan Jonson bilan shartnoma imzolandi. Jek Grilish esa ijara asosida jamoaga qo‘shildi.

Angliya terma jamoasi futbolchisi uchun «Everton»ga o‘tish Premyer-ligaga qaytishni anglatadi. «Arsenal» akademiyasi tarbiyalanuvchisi faoliyati davomida «kanonirlar» bilan Angliya Kubogida g‘olib chiqqan, shuningdek «Roma» safida Konferensiyalar ligasida bosh sovrinni qo‘lga kiritgan.

Kiritildi: 15:18, 02.09.2026.
O'qildi: 656 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик