Kirish Ro'yxatdan o'tish
11/09 19:00 Lokomotiv 3-0 Mash’al
11/09 19:00 Buxoro 1-4 Navbahor
11/09 23:45 Venetsiya 2-4 Fiorentina
12/09 00:00 Sevilya 1-0 Valensiya

Skoulz Ensoning «Siti»ga o‘tishi haqida: «APLda g‘olib chiqmoqchi bo‘lsa, “CHelsi” uni sotmasligi kerak edi»

Skoulz Ensoning «Siti»ga o‘tishi haqida: «APLda g‘olib chiqmoqchi bo‘lsa, “CHelsi” uni sotmasligi kerak edi»

Baho:
+ | -2

«Manchester Yunayted»ning sobiq yarim himoyachisi Pol Skoulz «Chelsi»ning Enso Fernandesni «Manchester Siti»ga sotish qarorini tanqid qildi.

Argentinalik yarim himoyachi manchesterliklar safiga 125 million funt evaziga o‘tdi.

«U “Chelsi”da norozi bo‘lgan, deb o‘ylamayman, ammo “Manchester Siti” uning fikrini o‘zgartirdi.

Agar “Chelsi” Premyer-ligada g‘olib chiqmoqchi bo‘lsa, garchi menimcha, ular dastlabdan bunga qodir emas edi, Enso Fernandesni sotishga yo‘l qo‘ya olmasdi. So‘nggi vaqtlarda ular Malo Gyustoni yarim himoyada o‘ynatishdi va bu yetarli bo‘lmaydi. Ris Jeyms ham yarim himoyada asosiy tarkibda maydonga tushdi, ammo bu ham yetarli emas.

Enso “Chelsi”ga kelganida uning eng katta muxlislaridan biri emasdim. Ammo vaqt o‘tishi bilan u meni o‘ziga ishontirdi va hozir u ajoyib futbolchi. U “Manchester Siti” uchun juda yaxshi transfer bo‘ladi. Ammo “Chelsi” bu bitimni amalga oshirmasligi kerak edi, chunki “Siti” ularning to‘g‘ridan-to‘g‘ri raqibi.

“Siti” murabbiy masalasida [Mareska] allaqachon “Chelsi”ni noqulay ahvolga solib qo‘ydi, chunki ular yozda uning klubga kelishi haqida muzokara olib borgani aniq. Bu “Chelsi”ning o‘tgan mavsumini ham buzdi, chunki o‘sha paytda jamoa ajoyib natijalar ko‘rsatayotgan va juda yaxshi o‘ynayotgan edi.

Enso Fernandesning “Manchester Siti”ga o‘tishi “Chelsi”ning bu mavsumini ham yana barbod qilishi mumkin», — dedi Skoulz The Good, The Bad and The Football podkastida.

Kiritildi: 16:09, 02.09.2026.
O'qildi: 559 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик