Kirish Ro'yxatdan o'tish
25/09 10:00 O‘zbekiston 3-0 Saudiya Arabistoni
25/09 15:30 Janubiy Koreya 4-0 Vyetnam
26/09 11:00 Xitoy - Tailand
26/09 15:30 Yaponiya - KXDR

Yamal Alvares haqida: «U kuchli futbolchi, ammo men «Barselona» tarkibidan mamnunman»

Yamal Alvares haqida: «U kuchli futbolchi, ammo men «Barselona» tarkibidan mamnunman»

Baho:
+ | -

«Barselona» vingeri Lamin Yamal «Atletiko» hujumchisi Xulian Alvares kataloniyaliklar safini kuchaytira oladimi, degan savolga javob berdi.

«Menimcha, hozir jamoamizda hammasi juda yaxshi. Ammo bizga urilgan gollar yetishmayapti. Albatta, Xulian — ajoyib futbolchi, lekin men hozirgi tarkibimizdan mamnunman», — deya Yamalning so‘zlarini BarçaTimes keltirdi.

Eslatib o‘tamiz, «Barselona» yozgi transfer oynasida argentinalik hujumchini o‘z safiga qo‘shib olishga harakat qilgan edi. Biroq «Atletiko» Alvaresni to‘g‘ridan-to‘g‘ri raqibiga qo‘yib yuborishni istamadi.

La Liganing dastlabki uch turidan keyin «Barselona» 9 ochko jamg‘arib, turnir jadvalida peshqadamlik qilmoqda.

Kataloniyaliklar 4-turda safarda «Valensiya»ga qarshi maydonga tushadi. Uchrashuv 6 sentyabr kuni bo‘lib o‘tadi.

Kiritildi: 16:35, 02.09.2026.
O'qildi: 1058 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик