Yozda «Barselona»ni tark etib, «Chikago Fayr»ga o‘tgan Robert Levandovski kataloniyaliklarni joriy mavsum Chempionlar ligasini yutishga qodir jamoalardan biri deb hisoblamoqda.
«Menimcha, bu bosqich jamoa uchun o‘tgan mavsumdagidan boshqacha bo‘lishi mumkin. Chunki tarkibda sifatli futbolchilar va yangi transferlar ko‘p.
Chempionlar ligasi «Barselona» uchun orzu, albatta. Ammo ikki-uch yil avval juda yosh bo‘lgan futbolchilar hozir tajriba to‘plagan. Tarkibda jahon chempioni bo‘lgan sakkiz nafar futbolchi bor. Bu nafaqat klub, balki Ispaniya uchun ham alohida holat. Yakunda «Barselona» g‘alaba uchun kurashib, Chempionlar ligasi kubogini nishonlay olishiga umid qilaman», — dedi Levandovski.
Polyak hujumchisi «Barselona»ni turnirning asosiy favoritlaridan biri sifatida ko‘rmoqda.
«Barsa» yana ikki-uch jamoa bilan bir qatorda favoritlardan biri. Yevropada mavsumni qanday boshlashing unchalik muhim emas. Asosiysi — shu darajani yil davomida saqlab qolish.
Umid qilamanki, mavsum yakunida «Barselona» va uning qancha sovrin yutgani haqida gaplashamiz», — dedi Levandovski kulib.













