Kirish Ro'yxatdan o'tish
25/09 10:00 O‘zbekiston 3-0 Saudiya Arabistoni
25/09 15:30 Janubiy Koreya 4-0 Vyetnam
26/09 11:00 Xitoy 3-0 Tailand
26/09 15:30 Yaponiya 1-0 KXDR

Arteta Fofana transferiga to‘siq qo‘ygani ma’lum bo‘ldi

Arteta Fofana transferiga to‘siq qo‘ygani ma’lum bo‘ldi

Baho:
+ | -

Mikel Arteta «Arsenal»ning Malik Fofanani transfer qilish rejasiga amalda to‘siq qo‘ygan. Bu haqda The Athletic xabar berdi.

Manba ma’lumotiga ko‘ra, «Lion» 21 yoshli belgiyalik vingerni londonliklarga taklif qilgan. «Arsenal» sport direktori Andrea Berta futbolchining katta muxlisi bo‘lgan.

Arteta Fofana bilan shaxsan suhbat ham o‘tkazgan, ammo uning Angliya Premyer-ligasidagi jismoniy kurashlarga qay darajada moslasha olishi borasida shubha bildirgan.

Shu sababli klub ichida futbolchi bo‘yicha fikrlar ikkiga bo‘lingan va yakunda «Arsenal» transferni davom ettirmaslikka qaror qilgan.

Yana bir omil sifatida klubning xarajatlar limitini buzib qo‘yishdan xavotirlangani tilga olinmoqda. Shu bois «Arsenal» faqat ijara variantini ko‘rib chiqishga tayyor bo‘lgani aytilgan, garchi klubdagi ayrim manbalar bu ma’lumotni rad etgan bo‘lsa ham.

Yakunda Fofana uchun «Sanderlend» va «Kristal Pelas» kurash olib bordi. 21 yoshli futbolchi oxir-oqibat «Sanderlend»ga o‘tdi, «Lion» esa transfer uchun umumiy hisobda 35 million yevro oladi.

Kiritildi: 17:04, 02.09.2026.
O'qildi: 957 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик