Kirish Ro'yxatdan o'tish
11/09 19:00 Lokomotiv 3-0 Mash’al
11/09 19:00 Buxoro 1-4 Navbahor

"Arsenal"ning sobiq futbolchisi "Feyenoord"ga qaytmoqda

"Arsenal"ning sobiq futbolchisi "Feyenoord"ga qaytmoqda

Baho:
+ | -

Angliyalik vinger Reyss Nelson faoliyatini "Feyenoord"da davom ettiradi.

Fabrisio Romano ma’lumotiga ko‘ra, 26 yoshli futbolchi tibbiy ko‘rikdan muvaffaqiyatli o‘tgan. Tomonlar shartnoma shartlarini ham kelishib olgan va transferni rasmiy yakunlash arafasida turibdi.

Nelson "Feyenoord"ga erkin agent sifatida qo‘shiladi.

Avgust oyi oxirida "Arsenal" futbolchi bilan amaldagi shartnomani o‘zaro kelishuv asosida muddatidan oldin bekor qilgan edi. Shundan so‘ng London klubi tarbiyalanuvchisi erkin agent maqomini oldi.

Nelson "Arsenal"ning asosiy jamoasi safida 90 ta uchrashuv o‘tkazib, 8 ta gol urgan va 9 ta golli uzatma amalga oshirgan.

E’tiborlisi, futbolchi "Feyenoord" muhitini yaxshi biladi. Endi u Rotterdam klubiga qaytib, faoliyatida yangi bosqichni boshlashi kutilmoqda.

Kiritildi: 17:36, 02.09.2026.
O'qildi: 774 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик