"Monako" sport direktori Tiago Skuro Lamin Kamaraning "Chelsi"ga amalga oshmay qolgan transferi haqida izoh berdi.
Uning tasdiqlashicha, senegallik yarim himoyachi London klubiga o‘tishni istagan. "Chelsi" bosh murabbiyi Xabi Alonso ham futbolchi bilan shaxsan suhbatlashgan.
Biroq "Monako" yakunda Kamarani sotish fikridan qaytgan. Fransiya klubi moliyaviy rejalarini Folarin Balogun transferi orqali amalga oshirishni istagan va shu sabab "Chelsi" bilan kelishuvni rasmiylashtirish uchun zarur bo‘lgan hujjatni imzolamagan.
Skuroning ta’kidlashicha, u Kamara bilan gaplashib, kelajakda futbolchi yana yirik klubga o‘tish imkoniyatiga ega bo‘lishiga ishontirgan.
"Unda kechagidan ham yaxshiroq variantlar bo‘ladi", — dedi "Monako" rahbari.
Avvalroq "Liverpul" ham senegallik futbolchini kelasi yil o‘z safiga qo‘shish imkoniyatini jiddiy ko‘rib chiqayotgani xabar qilingan edi.
Endi Kamara "Monako" mashg‘ulotlariga qaytadi. Folarin Balogun ham jamoada qolmoqda — u "Everton"ga o‘tishni rad etgan.
Natijada "Monako" moliyaviy qoidalar bilan bog‘liq muammolarni chetlab o‘tish uchun kerak bo‘lgan transfer daromadini qo‘lga kirita olmadi.













