Kirish Ro'yxatdan o'tish

Qoraqalpog‘iston futbol muxlislari uchun xushxabar: "Aral" o‘z maydoniga qaytmoqda

Qoraqalpog‘iston futbol muxlislari uchun xushxabar: "Aral" o‘z maydoniga qaytmoqda

Baho:
+ | -

Nukus shahridagi "Turon" stadioni to‘liq ta’mirdan chiqarilib, foydalanishga topshirilgani haqida avval xabar berilgan edi.

Endilikda mazkur arenada professional futbol uchrashuvlarini o‘tkazish uchun barcha zarur sharoitlar yaratilgan.

Shundan kelib chiqib, Pro liganing 19-turidan o‘rin olgan "Aral" — "Lochin" uchrashuviga aynan "Turon" stadioni mezbonlik qilishi belgilandi.

Bahs 13 sentyabr, yakshanba kuni bo‘lib o‘tadi.

Liga hamda "Aral" klubi Qoraqalpog‘istondagi barcha futbol muxlislarini ushbu uchrashuvni bevosita stadiondan kuzatish va jamoani qo‘llab-quvvatlash uchun "Turon" arenasiga chorlamoqda.

Kiritildi: 17:48, 02.09.2026.
O'qildi: 894 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик