Kirish Ro'yxatdan o'tish
26/09 11:00 Xitoy 3-0 Tailand
26/09 15:30 Yaponiya 1-0 KXDR

Jezus "Barsa" uchun maoshini kamaytirishga rozi bo‘ldi - tafsilotlar

Jezus "Barsa" uchun maoshini kamaytirishga rozi bo‘ldi - tafsilotlar

Baho:
+3 | -

Gabriel Jezus "Arsenal"dan "Barselona"ga o‘tganidan so‘ng kecha kataloniyaliklarning yangi futbolchisi sifatida rasman tanishtirildi.

Diario Sport ma’lumotiga ko‘ra, "Barselona" transfer oynasining so‘nggi kunlarida kelishuvni yakunlagan. Kataloniya klubi braziliyalik hujumchi uchun "Arsenal"ga 10 million yevro to‘laydi, yana 4 million yevro turli bonuslar ko‘rinishida qo‘shilishi mumkin.

"Barselona" moliyaviy feyr-pley talablarini hisobga olgan holda transferni ehtiyotkorlik bilan amalga oshirgan.

29 yoshli Jezus ham klubga o‘tishni osonlashtirish uchun maoshini sezilarli darajada kamaytirishga rozi bo‘lgan. Bu qaror futbolchini asosiy jamoa tarkibida ro‘yxatdan o‘tkazish jarayoniga ham yordam bergan.

Jezus "Arsenal"da yiliga taxminan 16 million yevro maosh olgan bo‘lsa, "Barselona"da uning yillik maoshi (soliqlar bilan birga) 13 million yevro atrofida bo‘ladi.

Shu tariqa, braziliyalik hujumchi Kataloniya klubiga o‘tish uchun moliyaviy jihatdan ham yon berishga tayyor bo‘lgan.

Kiritildi: 17:51, 02.09.2026.
O'qildi: 1707 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик