Kirish Ro'yxatdan o'tish
06/09 00:00 Vilyarreal 2-3 Deportivo
06/09 18:00 Everton 2-2 Man. Yunayted
06/09 18:00 Frozinone 3-2 Venetsiya
06/09 18:00 Parma 1-1 Monsa
06/09 19:15 Valensiya 0-5 Barselona
06/09 20:30 Arsenal 2-1 Chelsi
06/09 21:00 Bolonya 2-2 Sassuolo
06/09 21:30 Osasuna - Alaves
06/09 21:30 Malaga 0-0 Levante
06/09 21:30 Alaves 5-2 Osasuna
06/09 23:45 Yuventus 1-1 Milan
07/09 00:00 Espanyol 1-1 Sevilya
07/09 21:30 Kalyari - Lechche
07/09 22:00 Xetafe - Selta
07/09 23:45 Udineze - Lasio
08/09 00:30 Elche - Real Sosyedad

"Bavariya"ning yozgi transfer oynasiga ideal baho berildi

"Bavariya"ning yozgi transfer oynasiga ideal baho berildi

Baho:
+ | -

"Bavariya" yozgi transfer oynasida nisbatan sokin harakat qildi. Myunxenliklar PSVdan Ismoil Saybari va "Ayntraxt"dan Nataniel Braunni taxminan 50 million yevrodan xarid qildi.

Jamoa o‘tgan mavsumdagi asosiy tarkibini deyarli saqlab qolgani sabab, "Bavariya"ning sobiq himoyachisi Markus Babbel klubning bu yondashuvini to‘liq qo‘llab-quvvatladi.

"Mukammal 10 ball. Ular faqat kerakli ishlarni qilishdi", — dedi Babbel RTL/Sky'ga.

Uning fikricha, "Bavariya" ko‘plab yangi futbolchilarni olib, jamoadagi uyg‘unlikni buzish o‘rniga, aniq pozisiyalarga mos transferlarni amalga oshirgani to‘g‘ri bo‘lgan.

Babbel sport direktori Maks Eberlning faoliyatiga ham yuqori baho berdi. Eberlning shartnomasi yaqinda uzoq muzokaralardan keyin uzaytirilgan edi.

"Maks kelganidan beri juda yaxshi ishlayapti. U to‘g‘ri murabbiyni topdi, klubda xotirjamlik va ambisiya yana qaytdi", — dedi sobiq futbolchi.

Babbel, shuningdek, Eberl va Vensan Kompani o‘rtasidagi munosabatni ham alohida ta’kidladi.

"U murabbiy bilan yaxshi munosabatga ega. Ular bir tilda gaplashadi", — deya qo‘shimcha qildi u.

Kiritildi: 18:08, 02.09.2026.
O'qildi: 1043 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик