«Barselona»ga tegishli Mark Kasado klubdan ketishi haqida fikr bildirdi. «Deportivo» 22 yoshli kataloniyalik yarim himoyachini sotib olish huquqi bilan ijaraga oldi.
«Men xafa emasman. Biz hammasi yaxshi bo‘lishi uchun harakat qildik, ammo ishlashimiz kerak bo‘lgan jihatlar ham bor», — dedi Kasado.
«La Masiya» tarbiyalanuvchisi «Barselona»da bir mavsum o‘ynamay o‘tirish har doim qiyin ekanini ham tan oldi.
«Uyni tark etish hammaga qiyin, ammo men “Deportivo”dagi loyihadan xursandman», — deya qo‘shimcha qildi futbolchi.













