Kirish Ro'yxatdan o'tish

Buxoro viloyati hokimi «Buxoro» jamoasi futbolchilari bilan uchrashdi

Buxoro viloyati hokimi «Buxoro» jamoasi futbolchilari bilan uchrashdi

Baho:
+ | -

Buxoro viloyati hokimi Botir Zaripov «Buxoro» jamoasi futbolchilari bilan uchrashdi.

Samimiy va ochiq ruhda o‘tgan uchrashuv davomida viloyat rahbari jamoaning mavsum davomida namoyish etayotgan mazmunli o‘yini va ijobiy natijalaridan mamnun ekanini ta’kidladi.

Shuningdek, viloyat rahbari jamoa erishayotgan natijalarda Aleksandr Xomyakov boshchiligidagi murabbiylar shtabi alohida mehnati va fidoyiligi borligini qayd etdi. Murabbiylar shtabining to‘g‘ri yondashuvi, jamoaviy ruh va futbolchilarning mehnati bugungi ijobiy natijalarning muhim omillaridan biri ekani ta’kidlandi.

Botir Zaripov jamoaga shu sur’atni saqlab, mavsumning qolgan qismida ham yuqori natijalar qayd etishini tiladi.

Futbolchilar esa o‘z navbatida har bir uchrashuvda maydonga faqat g‘alaba uchun chiqishlarini, «Buxoro» sharafini munosib himoya qilishlarini va mavsumni yuqori o‘rinlarda yakunlash uchun bor kuchlarini safarbar etishlarini bildirishdi.

Botir Komilovich uchrashuv yakunida jamoaning 5 sentyabr kuni bo‘lib o‘tadigan muhim uchrashuviga omad va g‘alaba yor bo‘lishini tiladi.

Manba: @bukharapfc
Kiritildi: 22:28, 02.09.2026.
O'qildi: 502 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик