Kirish Ro'yxatdan o'tish

"Roma" rahbari: "Kone hech qachon "Chelsi"ga o‘tishga yaqin bo‘lmagan"

"Roma" rahbari: "Kone hech qachon "Chelsi"ga o‘tishga yaqin bo‘lmagan"

Baho:
+ | -2

"Roma" sport direktori Toni D'Amiko Manu Konening "Chelsi"ga o‘tishi mumkinligi haqida tarqalgan xabarlarni rad etdi.

So‘nggi paytlarda "Chelsi" Enso Fernandesni "Manchester Siti"ga 145 million yevroga sotganidan keyin Fransiya terma jamoasi yarim himoyachisi Kone bilan qiziqishi mumkinligi xabar qilingan edi.

Biroq D'Amikoning ta’kidlashicha, London klubi futbolchi uchun hech qanday rasmiy taklif yubormagan.

"Manu Kone hech qachon "Chelsi"ga o‘tishga yaqin bo‘lmagan. Hatto rasmiy taklif ham bo‘lmadi.

Gasperiniga hech qanday veto qo‘yishga to‘g‘ri kelmadi, chunki hech narsa bo‘lmagan. Klublar bir-biriga qo‘ng‘iroq qilib turadi, biz ham shunday qilamiz — xolos.

"Chelsi" hech qanday taklif yubormadi", — dedi D'Amiko.

Shu tariqa, "Roma" rahbari Konening Londonga ko‘chib o‘tishi haqidagi xabarlarni asossiz deb atadi.

Kiritildi: 23:13, 02.09.2026.
O'qildi: 938 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик