Kirish Ro'yxatdan o'tish
26/09 11:00 Xitoy 3-0 Tailand
26/09 15:30 Yaponiya 1-0 KXDR

"Trabzonspor" Fotih Tekke bilan xayrlashdi

"Trabzonspor" Fotih Tekke bilan xayrlashdi

Baho:
+ | -

"Trabzonspor" bosh murabbiy Fotih Tekke bilan hamkorlikni yakunlaganini rasman tasdiqladi.

Turkiya klubi 1 sentyabr kuni vise-prezident Serkan Kilich va Tekke o‘rtasida jamoaning hozirgi holati hamda kelajagi muhokama qilingan uchrashuvdan so‘ng ushbu qaror qabul qilinganini ma’lum qildi.

Klub Tekkega birgalikdagi faoliyat davomida ko‘rsatgan "sa’y-harakat va fidoyiligi" uchun minnatdorlik bildirdi. Shuningdek, mutaxassisning futbolchilar rivoji, klubning sport va moliyaviy taraqqiyotiga qo‘shgan hissasi alohida ta’kidlandi.

48 yoshli Tekke 2025 yil 11 mart kuni "Trabzonspor" bosh murabbiyi lavozimiga qaytgan va jamoani taxminan bir yarim yil boshqargan.

Uning qo‘l ostida "Trabzonspor" o‘tgan mavsum Turkiya kubogini qo‘lga kiritdi, Superligada esa uchinchi o‘rinni egalladi.

Biroq so‘nggi paytlarda jamoa natijalari pasaydi. "Trabzonspor" Yevropa musobaqalarini tark etdi, shuningdek, chempionatda "Amed Sportif Faaliyatler"ga mag‘lub bo‘ldi.

Shundan so‘ng tomonlar o‘zaro kelishuv asosida hamkorlikni tugatishga qaror qildi.

Kiritildi: 23:21, 02.09.2026.
O'qildi: 1373 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик