Kirish Ro'yxatdan o'tish
09/10 18:30 Qo‘qon-1912 3-0 Mash’al
09/10 19:00 Paxtakor 3-1 Bunyodkor
09/10 19:00 Buxoro 3-2 Andijon
09/10 19:30 Nasaf 2-1 Dinamo
10/10 00:00 Malaga - Espanyol
10/10 16:30 Arsenal - Lids
10/10 17:00 Rayo Valyekano - Atletik Bilbao
10/10 18:00 Qizilqum - Surxon
10/10 19:00 Aston Villa - Brentford
10/10 19:00 Chelsi - Bornmut
10/10 19:00 Ipsvich - Fulhem
10/10 19:00 Sanderlend - Brayton
10/10 19:15 Alaves - Atletiko
10/10 21:30 Man. Yunayted - Tottenhem
10/10 21:30 Barselona - Xetafe
11/10 00:00 Real Madrid - Vilyarreal
11/10 16:00 OKMK - Navbahor
11/10 16:00 So‘g‘diyona - Lokomotiv
11/10 17:00 Elche - Selta
11/10 18:00 Kristal Pelas - Nottingem Forest
11/10 18:00 Xall Siti - Everton
11/10 19:15 Real Sosyedad - Deportivo
11/10 20:30 Liverpul - Manchester Siti
11/10 21:30 Betis - Osasuna
12/10 00:00 Rasing - Valensiya

"Manchester Yunayted"ning 20 yoshli yarim himoyachisi Shotlandiyaga yo‘l oldi

"Manchester Yunayted"ning 20 yoshli yarim himoyachisi Shotlandiyaga yo‘l oldi

Baho:
+ | -

"Manchester Yunayted" yarim himoyachisi Jek Murxaus Shotlandiya Premyer-ligasida ishtirok etuvchi "Dandi" klubiga bir mavsumga ijaraga o‘tdi.

20 yoshli futbolchi uzoq muddatli jarohatdan keyin safga qaytib, 2024/25 yilgi mavsumda "Manchester Yunayted"ning U-21 jamoasida o‘zini ko‘rsata oldi. U asosiy jamoa bilan ham mashg‘ulotlarda qatnashgan va bir necha bor o‘yin qaydnomasiga kiritilgan.

Murxaus o‘tgan mavsumni Liga 1 vakili "Leyton Oriyent"da ijara asosida o‘tkazdi. U barcha musobaqalarda 24 ta uchrashuvda maydonga tushib, 1 ta gol urdi va 2 ta golli uzatma amalga oshirdi.

Keyinchalik futbolchi "Manchester Yunayted"ga qaytib, mavsumni Adam Lourens boshchiligidagi U-21 jamoasida yakunladi.

Irlandiya Respublikasi yoshlar terma jamoasi futbolchisi endi "Dandi" bosh murabbiyi Stiven Pressli qo‘l ostida Shotlandiyaning yuqori divizionida tajriba to‘playdi.

"Bu yerda ekanimdan xursandman. "Dandi" yaxshi klub, sharoitlar ham yoqdi. Jamoa mavsumni yaxshi boshladi, shuning uchun bu yerga kelganimdan mamnunman.

Iloji boricha ko‘proq futbol o‘ynashni xohlayman. Bu tajribadan zavq olishimga ishonaman. Shotlandiyadagi davrimdan maksimal foyda olishni istayman", — dedi Murxaus.

Kiritildi: 23:29, 02.09.2026.
O'qildi: 1366 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик