Himoyachi Jovanni Di Lorenso «Napoli» bilan shartnomasini uzaytirdi. Bu haqda Italiya klubi matbuot xizmati xabar berdi.
33 yoshli futbolchining yangi shartnomasi 2030 yilgacha mo‘ljallangan.
Di Lorenso o‘tgan mavsum neapolliklar safida 35 ta o‘yinda maydonga tushib, 2 ta gol urdi. Fevral oyida himoyachi tizzasidagi xochsimon payni uzib olgan edi. U may oyida maydonga qaytdi.
Di Lorenso 2019 yil yozidan buyon «Napoli» sharafini himoya qilib kelmoqda. U jamoa bilan ikki marta Italiya chempioni bo‘lgan, shuningdek, mamlakat Kubogi va Superkubogini ham qo‘lga kiritgan.













