«Benfika» rasmiy sayti «Manchester Siti» yarim himoyachisi Klaudio Echeverrini ijara asosida o‘z safiga qo‘shib olganini e’lon qildi.
20 yoshli argentinalik futbolchi Portugaliya klubida 30-raqam ostida to‘p suradi. Ijara shartnomasida futbolchini keyinchalik sotib olish huquqi ham ko‘zda tutilgan.
«Ideal yil — jamoa oldiga qo‘yilgan barcha maqsadlarga erishiladigan yil. Bu klub munosib bo‘lgan sovrinlarni qo‘lga kiritishni istaymiz», — dedi Echeverri klub matbuot xizmatiga bergan intervyusida.
Echeverri o‘tgan mavsumning ikkinchi yarmini «Jirona»da ijara asosida o‘tkazgan. U Ispaniya klubi safida 17 ta uchrashuvda maydonga tushib, 1 ta gol urdi va 1 ta golli uzatmani amalga oshirdi.













