«Betis» hujumchisi Antoni «Manchester Yunayted» forvardi Markus Reshfordga o‘zi baxtli bo‘ladigan klubni tanlashni maslahat berdi. Angliyalik futbolchi o‘tgan mavsumni ijara asosida «Barselona»da o‘tkazgan, shundan so‘ng «Manchester Yunayted»ga qaytgan.
«Markus — top darajadagi futbolchi. U juda kuchli o‘yinchi va ajoyib inson. Anchadan beri gaplashmaganmiz, ammo u mening unga qanday munosabatda ekanimni va qanchalik hurmat qilishimni yaxshi biladi. Uning ishlari yaxshi ketayotganidan doim xursand bo‘laman.
Klub bilan bog‘liq vaziyatga kelsak, u «Manchester Yunayted» futbolchisi, bu esa top-klub. U «Barselona»da ham yaxshi mavsum o‘tkazdi. Ammo menimcha, endi qarorni Reshfordning o‘zi qabul qilishi kerak.
U o‘zini qulay his qilishi va qayerda bo‘lishni xohlayotganini tanlashi lozim. Manchesterda qoladimi yoki boshqa variantni tanlaydimi, har qanday holatda ham u futboldan zavq oladi, deb o‘ylayman. Eng muhimi — uning baxtli bo‘lishi», — dedi Antoni Transfermarkt nashriga bergan intervyusida.













