Fransiya terma jamoasi yarim himoyachisi Uorren Zair-Emeri «Pari Sen-Jermen»ni tark etishni rejalashtirmayapti. 20 yoshli futbolchining Parij klubi bilan amaldagi shartnomasi 2029 yilgacha mo‘ljallangan.
«Uorren hozircha ketish haqida o‘ylamayapti. U Parijni juda yaxshi ko‘radi va shu bois klubni tark etishni xayoliga ham keltirmayapti. 20 yoshida uning hisobida 187 ta professional o‘yin va Fransiya terma jamoasi safida 13 ta uchrashuv bor. Juda kam klublar unga bunchalik ko‘p o‘yin amaliyotini bera olgan bo‘lardi», — deya ma’lum qildi futbolchining atrofidagi manbalar L'Equipe nashriga.
Transfermarkt portali Zair-Emerining bozor qiymatini 80 million yevroga baholamoqda.
Joriy mavsumda yarim himoyachi barcha musobaqalar doirasida 4 ta o‘yinda maydonga tushdi, ammo hozircha gol yoki golli uzatma qayd etmadi.













