«Milan» futbolchisi Luka Modrich faoliyatini yakunlaganidan keyin Madridning «Real» klubiga qaytishni istashini ma’lum qildi.
Xorvatiyalik yarim himoyachining «Milan» bilan amaldagi shartnomasi 2027 yilning yoziga qadar mo‘ljallangan. 9 sentyabr kuni Modrich 41 yoshni qarshi oladi.
«Real» — mening uyim va men u yerga qaytishni istayman. Men doimo madridchi bo‘lib qolaman. «Real» — dunyodagi eng buyuk klub.
Madrid menga hamma narsani berdi. Men qaytib, klubga foydam tegishini, yordam berishni xohlayman. Men «Real»da ishlashni emas, balki Joze Mourinyu aytganidek, «Real» uchun ishlashni istayman», — dedi Modrich.
Luka Modrich 2012 yildan 2025 yilgacha «Real» sharafini himoya qilgan.













