Argentina terma jamoasi futbolchisi va «Boka Xuniors» sardori Leandro Paredes milliy jamoadagi faoliyatini yakunlashi mumkin. Bu haqda Goal.com xabar berdi.
Paredes 2026 yilgi jahon chempionati finalida Argentinaning Ispaniyaga mag‘lubiyatidan keyin yuz bergan ommaviy janjalda ishtirok etgani uchun 10 ta o‘yinga diskvalifikasiya qilindi va jarimaga tortildi.
«Terma jamoada o‘ynashni davom ettirish men uchun qiyin bo‘ladi. Bunga diskvalifikasiya ham, Messining qarori ham ta’sir qilyapti. Endi hammasi avvalgidek bo‘lmaydi.
Hali murabbiy bilan gaplashmadim. Biz albatta suhbatlashamiz va shundan keyin qanday qaror qabul qilishimni ko‘ramiz», — dedi Paredes.
Leandro Paredes Argentina terma jamoasi safida 84 ta o‘yin o‘tkazgan. U milliy jamoa bilan jahon chempioni bo‘lgan, shuningdek, ikki marta Amerika kubogini qo‘lga kiritgan.













