Kirish Ro'yxatdan o'tish
26/09 11:00 Xitoy 3-0 Tailand
26/09 15:30 Yaponiya 1-0 KXDR

Ferdinand «Arsenal»ning yangi xaridiga qoyil qoldi

Ferdinand «Arsenal»ning yangi xaridiga qoyil qoldi

Baho:
+ | -

Angliya terma jamoasining sobiq sardori Rio Ferdinand «Arsenal»ning Xristos Solis transferini yuqori baholadi. Gresiyalik vinger London klubiga «Bryugge»dan kelib qo‘shilgan.

«Transfer oynasining eng yaxshi yangi futbolchisi kim? Men ko‘rganlarim orasida Solisni tanlagan bo‘lardim. «Arsenal» 35 million funt evaziga ajoyib vingerni qo‘lga kiritdi.

U texnikasi kuchli, maydonni yaxshi ko‘radi va hujumda to‘g‘ri qarorlar qabul qiladi. Menimcha, klub transfer bozorida juda yaxshi ishladi. Narx va sifat nuqtai nazaridan bu mavsumning eng yaxshi transferlaridan biri», — dedi Ferdinand o‘zining «Rio Ferdinand Presents» YouTube-kanalida.

6 sentyabr kuni «Arsenal» Angliya Premyer-ligasining uchinchi turida «Chelsi»ga qarshi maydonga tushadi.

Hozircha har ikki klub 6 tadan ochko to‘plagan va yetakchilar guruhida bormoqda. «Manchester Siti» hamda «Xall Siti» hisobida ham 6 tadan ochko bor.

Kiritildi: 08:03, 03.09.2026.
O'qildi: 2314 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик