«Manchester Siti» klubiga tegishli bo‘lgan himoyachi Juma Ba faoliyatini Germaniya chempionatida davom ettiradi. 20 yoshli futbolchi «Augsburg» safiga o‘tdi.
Klub matbuot xizmatining xabar berishicha, o‘yinchi nemis jamoasida joriy mavsum oxirigacha ijara asosida to‘p suradi. Tomonlar o‘rtasidagi kelishuvda uni sotib olish opsiyasi ham ko‘zda tutilgan.
Juma o‘tgan yili «Manchester Siti» futbolchisiga aylangan edi. Shundan so‘ng himoyachi ikki marta ijaraga berilgan. U Fransiyaning «Nissa» va «Lans» klublarida o‘ynagan.
«Augsburg» Bundesliganing yangi mavsumini ishonchli g‘alaba bilan boshladi. Jamoa o‘z maydonida «Shalke»ni 3:0 hisobida mag‘lub etdi.













