Superliganing 22-turidan o‘rin olgan «Navbahor» — «Dinamo» uchrashuvi sanasi o‘zgartirildi.
Dastlab 19 sentyabr kuni o‘tkazilishi rejalashtirilgan bahs ikki klub o‘rtasidagi kelishuvga ko‘ra 17 sentyabrga ko‘chirildi. O‘zbekiston Professional futbol ligasi ham ushbu o‘zgarishni tasdiqladi.
Shu tariqa, «Dinamo» Superliganing 22-turida 17 sentyabr kuni Namanganda «Navbahor» mehmoni bo‘ladi.













