Angliyaning «Lids» klubi yozgi transfer oynasida Rossiya terma jamoasi va «Monako» yarim himoyachisi Aleksandr Golovinni o‘z safiga qo‘shib olmoqchi bo‘lgan, ammo transfer siyosiy sabablar tufayli amalga oshmagan.
«Asosiy to‘siq rossiyalik futbolchiga maosh to‘lash imkonini ta’minlash bilan bog‘liq bo‘ldi. Chunki Angliya banklari Rossiyadan bo‘lgan jismoniy va yuridik shaxslar bilan deyarli ishlamaydi», — deya manba so‘zlarini «Chempionat» keltirdi.
Eslatib o‘tamiz, Aleksandr Golovin 2018 yildan buyon «Monako» sharafini himoya qilib kelmoqda. Futbolchi bilan klub o‘rtasidagi amaldagi shartnoma 2029 yil yoziga qadar mo‘ljallangan.
Rossiyalik yarim himoyachining transfer qiymati 18 million yevroga baholanmoqda.













