Kirish Ro'yxatdan o'tish

«Tottenxem» direktori Mudrik transferi haqida fikr bildirdi

«Tottenxem» direktori Mudrik transferi haqida fikr bildirdi

Baho:
+ | -

Angliyaning «Tottenxem Xotspur» klubi sport direktori Yoxan Lange «Chelsi»dan ijara asosida kelgan yarim himoyachi Mixail Mudrikning transferi haqida fikr bildirdi.

«Mixailni klubimizda qarshi olishdan juda xursandmiz. Unda jamoamizga sezilarli foyda keltirish imkonini beradigan sifatlar bor, deb hisoblaymiz. Endi uning bizning muhitimizda qanday rivojlanishini katta qiziqish bilan kutamiz.

Mixailning bu yangi chaqiruvni qabul qilishdagi ambisiyasi va qat’iyati menda katta taassurot qoldirdi. U muvaffaqiyatga erishish va o‘z ustida ishlashga juda kuchli ishtiyoqqa ega. Bu esa biz shakllantirayotgan klub madaniyatiga juda mos keladi.

Mixailga yangi muhitga moslashish jarayonida to‘liq yordam beramiz. U Roberto De Dzerbi, murabbiylar shtabimiz hamda yangi jamoadoshlari bilan ishlaydi. Biz uning faoliyatidagi navbatdagi bosqichni katta qiziqish bilan kutmoqdamiz», — deya Langening so‘zlarini klub rasmiy sayti keltirdi.

Kiritildi: 13:35, 03.09.2026.
O'qildi: 780 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик