Kirish Ro'yxatdan o'tish
26/09 11:00 Xitoy 3-0 Tailand
26/09 15:30 Yaponiya 1-0 KXDR

Mourinyo Asensio ishi haqida gapirdi

Mourinyo Asensio ishi haqida gapirdi

Baho:
+ | -

«Real» bosh murabbiyi Joze Mourinyo Raul Asensioning maydondan tashqaridagi xatti-harakatlari klub obro‘siga zarar yetkazayotganini aytdi.

Avgust oyida 23 yoshli himoyachi mast holda avtomobil boshqargani uchun 8 oyga haydovchilik huquqidan mahrum qilingan va 14 400 yevro jarimaga tortilgan edi. «Real» klub imijiga yetkazilgan zarar sababli futbolchiga nisbatan intizomiy ish qo‘zg‘atgan.

— Men jamoaga kelganimda u bilan o‘tmishi haqida gaplashdim. Shundan beri maydondan tashqaridagi xulq-atvori masalasini boshqa muhokama qilmayapman. «Valdebebas»da u namunaviy professional. Sog‘lom bo‘lgan paytda undan ko‘ra ko‘proq mehnat qilgan futbolchi yo‘q edi. Hozir ham u mashg‘ulotga birinchi bo‘lib keladi va oxirgi bo‘lib ketadi.

Ammo «Real» futbolchisi 24 soat, haftaning 7 kuni va yilning 12 oyi davomida «Real» futbolchisi bo‘lib qoladi. Futboldan tashqarida nima ish qilmang, baribir «Real» klubi nomidan ish ko‘rayotgan bo‘lasiz. Bunday holatlar klub obro‘siga zarar yetkazadi, klubning obro‘si esa daxlsizdir. Men undan noroziman. Hamma xato qiladi, ammo xatolarning turi har xil bo‘ladi.

— Asensio o‘ynay oladimi?

— Klub tergovni boshladi. Tekshiruv davom etayotgan bir paytda men uni «Real» futbolchisi deb hisoblayman. U jarohat olgan va yana bir necha hafta maydonga tusha olmaydi. Bu menga muammolardan biroz chetlashish imkonini beradi, — dedi Mourinyu «Betis»ga qarshi o‘yin oldidan o‘tkazilgan matbuot anjumanida.

Kiritildi: 15:53, 03.09.2026.
O'qildi: 718 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик