Kirish Ro'yxatdan o'tish
26/09 11:00 Xitoy 3-0 Tailand
26/09 15:30 Yaponiya 1-0 KXDR

Luish Figu zamonaviy transfer bozoridagi narxlarni tanqid qildi

Luish Figu zamonaviy transfer bozoridagi narxlarni tanqid qildi

Baho:
+ | -

"Oltin to‘p"-2000 sohibi Luish Figu zamonaviy transfer bozoridagi ulkan mablag‘lar haqida fikr bildirdi va "Real Madrid" hamda Yevropaning boshqa klublari amalga oshirayotgan ko‘p millionlik transferlarning moliyaviy mantig‘iga shubha qildi.

Figu katta klublar bunday mablag‘larni sarflash imkoniyatiga ega ekanini inkor etmadi. Biroq u qimmat transferlar xarajatini futbolka sotuvi orqali qoplash mumkin, degan qarashga qo‘shilmaydi.

"Bir kun kelib bu to‘xtashi kerak. Albatta, hammasi klub byudjetlari va moliyaviy feyr-pley talablariga bog‘liq. Ammo hozirgi summalar juda yuqori.

Menimcha, masalan, 150 millionlik transferni, odamlar doimo aytadigan yoki boshqalarni ishontirishga urinadiganidek, futbolka sotish orqali moliyaviy jihatdan qoplab bo‘lmaydi. Bunday transfer sport nuqtai nazaridan o‘zini oqlashi mumkin, ammo moliyaviy tomondan bu juda murakkab", — dedi Figu.

Portugaliyalik sobiq futbolchi hozirgi vaziyatni o‘zi to‘p surgan davr bilan ham taqqosladi.

"Mening davrimdan beri qariyb 30 yil o‘tdi. O‘sha paytda ham ko‘plab transferlar uchun to‘lanayotgan summalarni aql bovar qilmas deb hisoblardim. Ammo bozor rivojlanishi natijasida hozir ayrim futbolchilar uchun yanada aql bovar qilmas mablag‘lar to‘lanmoqda", — dedi u.

Figuning bu fikrlari "Real Madrid" Diomande uchun 125 million yevro to‘lagan, boshqa klublar esa Enso Fernandes yoki Bredli Barkolya kabi futbolchilar uchun 145 million yevro va undan ham ko‘proq mablag‘ sarflagan yozgi transfer oynasi fonida yangradi.

Figuning fikricha, futbolchining maydondagi natijalari bunday xarajatni sport nuqtai nazaridan oqlashi mumkin, ammo moliyaviy hisob-kitobda bunday transferlarni o‘zini qoplaydigan bitimga aylantirish juda qiyin.

Kiritildi: 17:45, 03.09.2026.
O'qildi: 962 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик