Kirish Ro'yxatdan o'tish
30/09 11:00 Janubiy Koreya 2-1 Xitoy
30/09 15:30 O‘zbekiston 1-1 Yaponiya

Umarali Rahmonaliyev jamoasi YECHL bahslarini Ozarbayjondagi eng katta stadionda o‘tkazishi mumkin

Umarali Rahmonaliyev jamoasi YECHL bahslarini Ozarbayjondagi eng katta stadionda o‘tkazishi mumkin

Baho:
+ | -

Yevropa Chempionlar Ligasining umumiy guruh bosqichiga yo‘l olgan Ozarbayjonning “Sabah” klubi uy uchrashuvlarini Boku Olimpiya stadionida o‘tkazishi mumkin. Bu haqda klub matbuot xizmati rahbari Elnur Hamidov intervyusida ma’lum qildi.

“Stadion masalasi bo‘yicha hozircha aniq yangilik yo‘q. Ayni paytda biz Tofiq Bahromov nomidagi Respublika stadioniga buyurtma berganmiz. Biroq boshqa variantlar ham ko‘rib chiqilmoqda. Bu borada yangilik bo‘lsa, jamoatchilikka batafsil ma’lumot beriladi”, dedi Hamidov.

Shunday qilib, Boku Olimpiya stadioni ham “Sabah”ning Chempionlar Ligasidagi uy uchrashuvlari uchun ehtimoliy variantlardan biri sifatida ko‘rilmoqda. Bu borada muzokaralar davom etmoqda.

Ma’lumot uchun, Ozarbayjonning “Sabah” klubida O‘zbekiston milliy terma jamoasi yarimhimoyachisi Umarali Rahmonaliyev faoliyat yuritadi. Jamoa ilk bor YCHLda ishtirok etmoqda. Qur’a natijalariga ko‘ra, “boyqushlar” guruh bosqichida “Arsenal”, “Barselona”, “Borussiya Dortmund”, “Manchester Yunayted” va “Napoli” kabi kuchli jamoalarga qarshi to‘qnash keladi.

Ozarbayjonliklar liga bosqichining birinchi turda “Old Trafford” stadionida “qizil iblislar”ga qarshi bahs olib boradi.

Musobaqaning birinchi tur o‘yinlari 8–10-sentyabr kunlariga belgilangan.

Manba: www.daryo.uz
Kiritildi: 19:15, 03.09.2026.
O'qildi: 1185 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик