Bir vaqtlar faoliyatini Leverkuzenning «Bayer» klubida boshlagan Toni Kroos jamoadagi vaziyatdan xavotirda. Uning fikricha, «dorilarchilar» transfer kampaniyasini yaxshi o‘tkazmagan va shu sababli klubdan yuqori natijalar kutayotgani yo‘q.
«Aytishim kerakki, “Bayer”ning transfer kampaniyasi menga g‘alati tuyuldi. Ularning muloqot uslubi ham biroz g‘alati bo‘ldi. Robert Andrixni qo‘yib yuborishadi, shu bilan birga uning pozisiyasida o‘ynaydigan yana ikki futbolchini sotishadi. Bilmadim, bularning barchasi haqiqatan ham g‘alati», — deya Kroosning so‘zlarini derbyderbyderby.it keltirdi.
Eslatib o‘tamiz, Kroos 2009/10 mavsumda «Bayer» safida o‘ynagan.













