"Atletiko" bosh murabbiyi Diyego Simeone hujumchi Xulian Alvaresning holati haqida ijobiy ma’lumot berdi.
Argentinalik mutaxassisning tasdiqlashicha, Alvares ertaga "Atletik"ka qarshi o‘yin uchun jamoa qaydnomasidan joy oladi.
Simeone uchrashuv oldidan o‘tkazilgan matbuot anjumanida hujumchining mashg‘ulotlarda yaxshi ishlayotganini ta’kidladi.
"Xulian Alvares ertaga qaydnomada bo‘ladi. U yaxshi mashg‘ulot o‘tkazyapti va boshqa barcha jamoadoshlaridan kutganimizdek, undan ham eng yaxshi o‘yinni kutamiz", — dedi Simeone.













