Bild jurnalisti Kristian Falk ma’lumotiga ko‘ra, "Manchester Siti" "Bavariya" yarim himoyachisi Aleksandr Pavlovich uchun taxminan 100 million yevro sarflashga tayyor bo‘lgan, ammo futbolchi Angliya klubiga o‘tishni rad etgan.
"Bu haqiqatdan ham hayratlanarli. "Manchester Siti" Pavlovich uchun 100 million yevro taklif qilishga tayyor, ammo yosh futbolchi "yo‘q" deydi. Bu juda katta taassurot qoldiradi", — dedi Falk.
Uning aytishicha, "Siti" Pavlovichga dastlab mart oyida, jamoani hali Pep Gvardiola boshqarayotgan paytda qiziqish bildirgan.
Biroq rasmiy taklif yuborilmagan. Chunki Pavlovich juda erta "Bavariya"ni tark etish niyati yo‘qligini ma’lum qilgan.
Bild jurnalisti Yulian Agardining ta’kidlashicha, bolaligidan "Bavariya" muxlisi bo‘lgan futbolchi o‘zining uzoq muddatli kelajagini Myunxenda ko‘rmoqda. U klubda Tom Bishof, Lennart Karl va Nene Braun kabi yaqin do‘stlari bilan birga o‘ynamoqda.
Pavlovich transferi amalga oshmagach, "Manchester Siti" Ayyub Buaddi, Elliot Anderson va Enso Fernandesni xarid qilishga katta mablag‘ sarfladi.
22 yoshli Pavlovich "Bavariya" safida 102 ta o‘yin o‘tkazib, 8 ta gol va 6 ta golli uzatma qayd etgan. Uning klub bilan shartnomasi 2029 yilga qadar amal qiladi.













