Kirish Ro'yxatdan o'tish
03/10 11:00 Xitoy - O‘zbekiston
03/10 15:30 Janubiy Koreya - Yaponiya

Gasperini: "Malen Iguainning 36 gollik rekordiga yaqinlashsa, hayron bo‘lmayman"

Gasperini: "Malen Iguainning 36 gollik rekordiga yaqinlashsa, hayron bo‘lmayman"

Baho:
+ | -

"Roma" bosh murabbiyi Jan Pyero Gasperini Doniell Malen joriy mavsumda A Seriyada Gonsalo Iguainga tegishli 36 gollik rekordga yaqinlashishi mumkin, deb hisoblaydi.

27 yoshli niderlandiyalik hujumchi yangi mavsumni juda kuchli boshladi va dastlabki 2 ta o‘yinda 5 ta gol urdi.

"Uning birinchi harakati bo‘shliq yaratadi, ikkinchisi bilan o‘zini zarbaga tayyorlaydi, uchinchisi bilan esa zarba beradi. Men o‘zimga shunday dedim: agar shu uchta harakatni darvozaga yaqinroq joyda amalga oshirsa, u juda xavfli hujumchiga aylanadi. Va haqiqatdan ham shunday bo‘lyapti.

U bir necha gol urgan bo‘lsa ham, golga bo‘lgan ishtiyoqini saqlab qolishi kerak.

Xato qilish mumkin, lekin xato qilishning ham to‘g‘ri va noto‘g‘ri yo‘li bor. "Lechche"ga qarshi o‘yinda ikkinchi gol vaziyatida u juda beparvo harakat qildi.

Agar u Iguainning 36 gollik rekordiga tahdid sola boshlasa, men bundan hayron bo‘lmayman", — dedi Gasperini.

Kiritildi: 17:23, 04.09.2026.
O'qildi: 809 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик