Kirish Ro'yxatdan o'tish
25/09 10:00 O‘zbekiston 3-0 Saudiya Arabistoni
25/09 15:30 Janubiy Koreya 4-0 Vyetnam
26/09 11:00 Xitoy 3-0 Tailand
26/09 15:30 Yaponiya 1-0 KXDR

2,23 xG bilan 6 ta gol: "Nasaf" "Neftchi"ga qarshi imkoniyatlaridan unumli foydalandi

2,23 xG bilan 6 ta gol: "Nasaf" "Neftchi"ga qarshi imkoniyatlaridan unumli foydalandi

Baho:
+ | -

O‘zbekiston Superligasining 20-turida "Nasaf" o‘z maydonida "Neftchi"ni 6:2 hisobida mag‘lub etdi. Uchrashuvdan keyingi statistik ko‘rsatkichlar Qarshidagi bahs qanchalik g‘ayrioddiy kechganini ko‘rsatadi.

E’tiborlisi, xG ko‘rsatkichi bo‘yicha "Neftchi" ustunlik qilgan — 2,53 ga 2,23. To‘p nazoratida ham farg‘onaliklar katta ustunlikka ega bo‘ldi: 63 foizga 37 foiz.

Ikki jamoa ham raqib darvozasi tomon 15 tadan zarba yo‘lladi. Biroq aniq zarbalar bo‘yicha "Nasaf"ning ustunligi katta bo‘ldi — 11:6. Mezbonlar shu imkoniyatlardan maksimal darajada foydalanib, 6 ta gol urishga muvaffaq bo‘ldi.

Paslar aniqligida "Neftchi" 82 foiz, "Nasaf" esa 72 foizlik natija qayd etdi. Burchak zarbalari mezbonlar foydasiga 7:5, kalit paslar bo‘yicha esa 9:8 ko‘rinishida bo‘ldi.

Shu tariqa, "Neftchi" to‘p nazorati va xG bo‘yicha raqibidan yaxshiroq ko‘rsatkich qayd etganiga qaramay, "Nasaf" hujumdagi yuqori samaradorlik evaziga 6:2 hisobida yirik g‘alabani qo‘lga kiritdi.

Manba: www.stadion.uz.
Kiritildi: 22:02, 04.09.2026.
O'qildi: 1385 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик