Kirish Ro'yxatdan o'tish
26/09 11:00 Xitoy 3-0 Tailand
26/09 15:30 Yaponiya 1-0 KXDR

Superliga. "Paxtakor" "Andijon"ni yirik hisobda mag‘lub etdi

Superliga. "Paxtakor" "Andijon"ni yirik hisobda mag‘lub etdi

Baho:
+ | -

O‘zbekiston Superligasining 20-turidan o‘rin olgan "Paxtakor" — "Andijon" uchrashuvi yakunlandi.

Toshkentdagi "Paxtakor" stadionida o‘tgan bahsda mezbonlar 3:0 hisobida ishonchli g‘alabaga erishdi.

"Paxtakor" birinchi bo‘limning o‘zida ikki to‘plik ustunlikni ta’minladi. 21-daqiqada Zaid Tahsin hisobni ochgan bo‘lsa, 29-daqiqada Sardor Sobirxo‘jayev jamoasining ikkinchi golini urdi.

59-daqiqada "Andijon" darvozaboni Artyom Potapov maydondan chetlatildi. Natijada mehmonlar uchrashuvning qolgan qismini bir kishi kam bo‘lib o‘tkazdi.

69-daqiqada Muhammadrasul Abdumajidov "Andijon" darvozasini yana bir bor ishg‘ol qilib, hisobni yirik ko‘rinishga keltirdi — 3:0.

Qolgan daqiqalarda hisob o‘zgarmadi va "Paxtakor" 20-turni yirik g‘alaba bilan yakunladi.

Manba: www.stadion.uz.
Kiritildi: 22:12, 04.09.2026.
O'qildi: 1268 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик