Kirish Ro'yxatdan o'tish
25/09 10:00 O‘zbekiston 3-0 Saudiya Arabistoni
25/09 15:30 Janubiy Koreya 4-0 Vyetnam
26/09 11:00 Xitoy - Tailand
26/09 15:30 Yaponiya - KXDR

Toshkentda taekvondo WT bo‘yicha yirik musobaqa start oldi

Toshkentda taekvondo WT bo‘yicha yirik musobaqa start oldi

Baho:
+ | -

Bugun poytaxtimizdagi «Universal» sport majmuasida taekvondo WT bo‘yicha "Koreya Respublikasi elchisi" kubogi an’anaviy turniriga start berildi.

Butunjahon taekvondo kuniga bag‘ishlab o‘tkazilayotgan musobaqaning tantanali ochilish marosimida cport vaziri o‘rinbosari Shahrillo Mahmudov, Koreya Respublikasining O‘zbekistondagi Favqulodda va muxtor elchisi Von Do Yon boshchiligidagi delegasiya, shuningdek, assosiasiya Bosh kotibi Murodjon Mamadaliyev ishtirok etdi.

Tadbir davomida Koreya Respublikasining O‘zbekistondagi Favqulodda va muxtor elchisi Von Do Yon yosh taekvondochilarga musobaqada omad tilab, ularga esdalik sovg‘alarini topshirdi.

“Koreya Respublikasi elchisi” kubogi an’anaviy musobaqasida respublikamizning turli hududlaridan kelgan 350 nafar sportchi yoshlar g‘oliblik uchun bahs olib bormoqda.

Dasturga ko‘ra, bugun pumse (ko‘rgazmali chiqish) yo‘nalishi o‘tkazildi. Ertaga esa kyorugi (jang) bo‘yicha bellashuvlar tashkil etilishi rejalashtirilgan.

Yoshlar o‘rtasida o‘tkazilayotgan mazkur musobaqada yigitlar va qizlar 10 tadan vazn toifasida dayanga ko‘tariladi.

 

Kiritildi: 22:28, 04.09.2026.
O'qildi: 674 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик