Kirish Ro'yxatdan o'tish
25/09 10:00 O‘zbekiston 3-0 Saudiya Arabistoni
25/09 15:30 Janubiy Koreya 4-0 Vyetnam
26/09 11:00 Xitoy 3-0 Tailand
26/09 15:30 Yaponiya 1-0 KXDR

US Open. Kamilla Rahimova dunyoning birinchi raqamli tennischisiga mag‘lub bo‘ldi

US Open. Kamilla Rahimova dunyoning birinchi raqamli tennischisiga mag‘lub bo‘ldi

Baho:
+ | -

O‘zbekistonlik tennischi Kamilla Rahimova yilning eng so‘nggi “Katta dubulg‘a” turniri — AQSH ochiq chempionatining (US Open) uchinchi bosqichida dunyoning birinchi raqamli raketka ustasi, belaruslik Arina Sabalenkaga qarshi kortga chiqdi. Turnir Nyu York shahrida o‘tkazilmoqda.

Bellashuv Sabalenka foydasiga 6:3, 6:4 hisobida yakunlandi. Amaldagi chempion keyingi bosqichda rossiyalik Diana Shnayder va amerikalik Teylor Taunsend o‘rtasidagi uchrashuv g‘olibiga qarshi kortga chiqadi.

Sabalenka uchun bu US Open’dagi ketma-ket 16-g‘alaba bo‘ldi. U ushbu turnirda so‘nggi marta 2023 yilgi finalda amerikalik Koko Gauffga qarshi uchrashuvda mag‘lub bo‘lgan. Shundan so‘ng Sabalenka ikki marta turnir chempioniga aylandi. 2025 yilda belaruslik tennischi Marketa Vondroushova unga qarshi bahsda ishtirok etishdan bosh tortgani sababli yarim finalga yo‘llanma olgan va shu sababli mazkur uchrashuv g‘alabalar seriyasiga kiritilmaydi.

28 yoshli Sabalenka 2024 yil oktyabridan buyon WTA reytingida peshqadamlik qilmoqda. U tashkilot tasarrufidagi yakkalik bahslarida 24 ta titulni qo‘lga kiritgan. “Katta dubulg‘a” turnirlarida esa belaruslik tennischi to‘rt marta g‘olib chiqqan: Avstraliya ochiq chempionatida 2023 va 2024 yillarda, US Open’da esa 2024 va 2025 yillarda. Juftlik bahslarida Sabalenka 2019 yilda US Open, 2021 yilda esa Avstraliya ochiq chempionatida g‘olib bo‘lgan.

25 yoshli Rahimova jahon reytingida 92-o‘rinni egallab turibdi. “Katta dubulg‘a” turnirlarida esa uning eng yaxshi natijasi uchinchi bosqich hisoblanadi.

US Open mavsumdagi “Katta dubulg‘a” turkumiga kiruvchi so‘nggi turnir hisoblanadi. Musobaqa 13 sentyabr kuni yakunlanadi. Turnirning umumiy mukofot jamg‘armasi 108 million dollarni tashkil etadi.

Manba: daryo.uz
Kiritildi: 23:06, 04.09.2026.
O'qildi: 1984 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик