Kirish Ro'yxatdan o'tish

«Monako» Parijda «PSJ»ni mag‘lub etdi va Liga 1 peshqadamiga aylandi

«Monako» Parijda «PSJ»ni mag‘lub etdi va Liga 1 peshqadamiga aylandi

Baho:
+ | -

«Monako» Fransiya chempionatining 3-turidan o‘rin olgan uchrashuvda «PSJ»ni 2:1 hisobida mag‘lub etdi.

Bahs 4 sentyabr kuni Parijdagi «Park de Prens» stadionida bo‘lib o‘tdi.

Birinchi bo‘limda parijliklar himoyachisi Markinyos hisobni ochdi. Unga golli uzatmani Xvicha Kvarasxeliya amalga oshirdi.

Tanaffusdan so‘ng Flaviu Nazinyu hisobni tenglashtirdi. 72-daqiqada esa mehmonlar oldinga chiqib oldi. Stanis Idumbo Aleksandr Golovinning uzatmasidan so‘ng gol kiritdi.

Shu tariqa, «Monako» uchta o‘yinda uchta g‘alaba qayd etib, 9 ochko bilan Fransiya chempionati turnir jadvalida yakka peshqadam bo‘lib turibdi. «PSJ» esa mavsumni ikki durang va bir mag‘lubiyat bilan boshladi. Parijliklar 2 ochko bilan 12-o‘rinni egallab turibdi.

Liga 1ning 4-turida «Monako» 12 sentyabr kuni safarda «Strasbur»ga qarshi o‘ynaydi. «PSJ» esa bir kundan so‘ng mehmonda «Brest» bilan bahs olib boradi.

Fransiya Liga 1. 3-tur

04.09.2026 | Parij, «Park de Prens»

«PSJ» — «MONAKO» — 1:2

Gollar: Markinyos 31’ (1:0) — Nazinyu 58’ (1:1), Stanislas Idumbo 72’ (1:2).

«PSJ»: Matvey Safonov, Markinyos, Vilyan Pacho, Uorren Zair-Emeri (Lukas Ernandes, 63), Ashraf Xakimi, Joau Nevesh, Fabian Ruis (Fernandes, 76), Vitinya, Magnes Akliush (Usman Dembele, 68), Xvicha Kvarasxeliya (Mika Godts, 68), Dezire Due (Ferran Torres, 63).

«Monako»: Lukash Gradeski, Erik Dayer, Bakari Sane, Nazinyu, Vanderson (Djordan Teze, 52), Denis Zakariya, Lamin Kamara, Aleksandr Golovin (Kristian Mavissa, 87), Stanislas Idumbo (Benzaxra, 87), Mamadu Kulibali (Subeyr, 73), Peris Brunner (Mattis Ablen, 73).

Ogohlantirishlar: Lukas Ernandes (68) — Djordan Teze (68).

Manba: www.stadion.uz.
Kiritildi: 02:15, 05.09.2026.
O'qildi: 1168 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик