«Portu» Portugaliya chempionatining 5-turidan o‘rin olgan uchrashuvda «Moreyrensi»ni 2:1 hisobida mag‘lub etdi. Bahs Portu shahridagi «Dragau» stadionida bo‘lib o‘tdi.
Birinchi bo‘lim o‘rtalarida mehmonlar himoyachisi Dinish Pintu hisobni ochdi. 37-daqiqada esa «ajdarlar» muvozanatni tikladi — Yan Bednarek raqib darvozasini ishg‘ol qildi.
Ikkinchi bo‘lim boshida Villiam Gomes «Portu»ni hisobda oldinga olib chiqdi.
Uchrashuv oxirida «Moreyrensi» bir kishi kam bo‘lib qoldi. Yarim himoyachi Gilyerme Liberato qizil kartochka olib, maydonni tark etdi.
Shu tariqa, «Portu» mavsum boshida o‘tkazgan beshta uchrashuvining barchasida g‘alaba qozondi. Jamoa 15 ochko bilan turnir jadvalida peshqadam bo‘lib turibdi.
«Moreyrensi» esa 4 ochko bilan 11-o‘rinni egallab turibdi.













