«PSJ» joriy mavsumda o‘tkazgan 5 ta uchrashuvida 1 ta g‘alaba, 2 ta durang va 2 ta mag‘lubiyat qayd etdi.
Bugun parijliklar Liga 1ning 3-turida o‘z maydonida «Monako»ga 1:2 hisobida mag‘lub bo‘ldi.
Hozircha «PSJ»ning mavsumdagi yagona g‘alabasi Yevropa Superkubogi uchun bahsda qayd etilgan. O‘sha uchrashuvda parijliklar «Aston Villa»ni 2:1 hisobida mag‘lub etgan edi.














