Kirish Ro'yxatdan o'tish
09/09 18:30 OKMK 1-3 Paxtakor
09/09 19:00 Neftchi 2-1 Surxon
09/09 20:00 Nasaf 3-0 Bunyodkor
09/09 21:45 Barselona 5-1 Feyenoord
09/09 21:45 Shtutgart 3-1 Viking
09/09 23:59 Liverpul 2-1 Atletiko
09/09 23:59 Napoli 0-1 Arsenal
09/09 23:59 Sporting 3-1 Galatasaroy
09/09 23:59 PSJ 6-1 Slovan
10/09 19:00 Dinamo - Qizilqum
10/09 19:00 Andijon - Qo‘qon-1912
10/09 20:00 Xorazm - So‘g‘diyona
10/09 21:45 Fenerbaxche - Roma
10/09 21:45 PSV - Shaxtyor
10/09 23:59 Man. Yunayted - Sabah
10/09 23:59 Bavariya - Bude-Glimt
10/09 23:59 Komo - RB Leypsig
10/09 23:59 Slaviya - Lans
11/09 19:00 Lokomotiv - Mash’al
11/09 19:00 Buxoro - Navbahor

Luis Enrike: «Bu mag‘lubiyatni tushuntirish qiyin»

Luis Enrike: «Bu mag‘lubiyatni tushuntirish qiyin»

Baho:
+ | -

«PSJ» bosh murabbiyi Luis Enrike Fransiya chempionatining 3-turida «Monako»dan uchralgan 1:2 hisobidagi mag‘lubiyatdan so‘ng fikr bildirdi.

«Men ham muxlislarimiz kabi his qilyapman. Biz juda kuchli «Monako»ga qarshi o‘yinni nazorat qilishga harakat qildik, ammo bahs boshida raqib pressingimizdan juda yaxshi chiqib ketdi.

Dastlabki daqiqalar biz uchun qiyin kechdi, ammo umuman olganda, menimcha, «PSJ» g‘alabaga yaqqol loyiq edi. Hatto durang ham biz uchun omadsiz natija bo‘lardi, ammo oxir-oqibat mag‘lub bo‘ldik. Buni tushuntirish qiyin, lekin futbol shunaqa. Buni qabul qilish kerak.

Afsuski, so‘nggi uch yil ichida shunga o‘xshash o‘yinlar ham bo‘ldi. Futbolchilarimdan mamnunman, ammo individual va jamoaviy jihatdan o‘sishimiz kerak. Bu menga, ya’ni murabbiyga ham taalluqli, chunki hozir turnir jadvalida muammolarimiz bor.

Biz juda qiziqarli loyihaning bir qismi hisoblanamiz. Faoliyatimda ilk bor bir jamoada murabbiy sifatida to‘rtinchi mavsumimni boshlayapman. Hozirgi motivasiyam bu yerga ilk kelgan kunlarimdagidan ham kuchliroq.

Men uchun prezident va klub rahbariyatining ishonchi juda muhim. Hali ham juda katta ishtiyoq bilan ishlayapman, o‘zimni baxtli his qilyapman va Parijda yana uzoq yillar qolishga umid qilaman», — dedi Enrike klub matbuot xizmatiga.

Kiritildi: 07:55, 05.09.2026.
O'qildi: 753 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик