Kirish Ro'yxatdan o'tish
06/09 00:00 Vilyarreal 2-3 Deportivo
06/09 18:00 Everton 2-2 Man. Yunayted
06/09 18:00 Frozinone 3-2 Venetsiya
06/09 18:00 Parma 1-1 Monsa
06/09 19:15 Valensiya 0-5 Barselona
06/09 20:30 Arsenal 2-1 Chelsi
06/09 21:00 Bolonya 2-2 Sassuolo
06/09 21:30 Osasuna - Alaves
06/09 21:30 Malaga 0-0 Levante
06/09 21:30 Alaves 5-2 Osasuna
06/09 23:45 Yuventus 1-1 Milan
07/09 00:00 Espanyol 1-1 Sevilya
07/09 21:30 Kalyari - Lechche
07/09 22:00 Xetafe - Selta
07/09 23:45 Udineze - Lasio
08/09 00:30 Elche - Real Sosyedad

«Shalke» rahbari Noyerning ehtimoliy qaytishi haqida gapirdi

«Shalke» rahbari Noyerning ehtimoliy qaytishi haqida gapirdi

Baho:
+ | -

«Shalke-04» kuzatuv kengashi raisi Aleks Xefer «Bavariya» darvozaboni Manuel Noyer futbolchilik faoliyatini yakunlaganidan so‘ng klubga qaytishi mumkinligini istisno qilmadi.

40 yoshli Noyer joriy mavsum yakunida faoliyatini tugatishi mumkin. «Shalke»ning «Bavariya»ga qarshi shanba kunigi o‘yini oldidan Xefer darvozabon avvalo futboldan keyingi bo‘sh vaqtini mazmunli o‘tkazishi, shundan so‘ng kelajakda nima bilan shug‘ullanishini hal qilishi kerakligini aytdi.

«Shundan keyin u o‘zining eski uyidami yoki yangi uyidami ishlaydi — buni Noyerning o‘zi hal qilishi kerak», — dedi Xefer Bild nashriga bergan intervyusida.

Noyer Gelzenkirxenda tug‘ilgan va «Shalke» futbol akademiyasi tarbiyalanuvchisi hisoblanadi. Uning 2011 yilda «Bavariya»ga o‘tishi klubning ko‘plab muxlislarida norozilik uyg‘otgan edi. Biroq Xefer bu kelishmovchiliklar allaqachon o‘tmishda qolgan, deb hisoblaydi.

«Klub sifatida biz uning faoliyati bilan faxrlanishimiz mumkin. Uning ketishi biroz bahsli kechgan edi, ammo shaxsan men har kim xato qilishi mumkin, ayniqsa yoshlikda, deb hisoblayman», — dedi Xefer.

Avvalroq «Bavariya» prezidenti Gerbert Xayner ham klub sobiq futbolchilarini faoliyati yakunlanganidan keyin ishga jalb qilishni istashini aytgan edi. Uning fikricha, bunday mutaxassislar katta tajribaga va klub hamda professional futbolni chuqur tushunish qobiliyatiga ega.

Kiritildi: 08:38, 05.09.2026.
O'qildi: 659 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик