Kirish Ro'yxatdan o'tish
30/09 11:00 Janubiy Koreya 2-1 Xitoy
30/09 15:30 O‘zbekiston 1-1 Yaponiya

Mourinyo: «Espi o‘z vazifasini ajoyib bajaryapti»

Mourinyo: «Espi o‘z vazifasini ajoyib bajaryapti»

Baho:
+ | -

«Real» bosh murabbiyi Joze Mourinyo hujumchi Karlos Espining o‘yiniga baho berdi.

21 yoshli futbolchi juma kuni La Liga doirasida «Betis»ga qarshi o‘tgan uchrashuvning 82-daqiqasida, madridliklar gol o‘tkazib yuborganidan so‘ng zaxiradan maydonga tushdi.

Oradan besh daqiqa o‘tib, Espi qaychi uslubida chiroyli gol urdi. Biroq VAR aralashuvidan so‘ng hakam golni bekor qildi.

«Men Espidan juda mamnunman. U o‘z vazifasini yaxshi biladi va uni ajoyib tarzda bajaryapti. Karlos — kamtar, mehnatkash futbolchi. U doim tinglashga va o‘rganishga harakat qiladi.

U maydonga tushgan har safar o‘zini ko‘rsata oladi», — dedi Mourinyo.

«Real» «Betis»ga qarshi uchrashuvda hisobni tenglashtira olmadi va 0:1 hisobida mag‘lub bo‘ldi.

Karlos Espi o‘tgan yozda «Levante»dan «Real»ga ko‘chib o‘tgan edi.

Kiritildi: 08:40, 05.09.2026.
O'qildi: 860 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик